Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Yunusobod tumanida Suriyaga ketib, ISHID terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni maqsad qilgan 18 yoshli qiz 5 yilga qamaldi. U tashkilot rahnamolarining ma’ruzalarini tinglab, uning g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. Qiz ketish uchun «qizil pasport» olgani va buni yaqinlari bilmaganini ma’lum qildi.
Poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Yigitlardan biri 5 yarim yilga, ikki nafari esa 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.
DXX Andijon viloyatida avval «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan, biroq, ozodlikka chiqqach ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishda davom etgan 12 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting